Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xalqaro chang‘i sporti federatsiyasi (FIS) taniqli skripkachi va tog‘-chang‘i sportchisi Vanessa Mey (Vanakorn)dan unga 2014-yilgi Sochi Olimpiada o‘yinlarida qatnashish imkonini bergan natijalarni qalbakilashtirishda yolg‘ondan ayblagani uchun uzr so‘radi va tovon puli to‘ladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: AP

Foto: AP

2014-yil dekabrida Mey uni tashkilotning aksilkorrupsiya qoidalarini buzgani uchun to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilgan FIS qarori ustidan Lozannadagi sport arbitraj sudi (CAS)ga apellyatsiya bergan edi.

2015-yil iyunida CAS dalillar yo‘qligi sababli, Meyning apellyatsiyasini qondirdi, biroq Sloveniyada o‘tkazilgan kvalifikatsiya poygalarida qator qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan deb topdi.

“Mey va uning atrofidagi kishilar Sloveniyadagi kvalifikatsiya poygalari natijasiga ta’sir qilish uchun hech narsa qilmagan. Biz unga qaratilgan ayblovlar asossiz va o‘rinsiz bo‘lganini tan olamiz”, — deyiladi FIS bayonotida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Nilufar Usmonovaning Shohruxxonga syurprizi, tug‘uruqxonadan chiqqan Oyxon Iforzoda, Malika Ravshanovadan yangi qo‘shiq
Maslahatlar
Qishda kasal bo‘lmaslikning sinalgan 5 ta usuli
Mahalliy
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” boshqaruvi raisi va yana 3 mas’ulga hayfsan berildi