AQSh davlat kotibi Jon Kerri senat oldidagi chiqishida Suriya shimolida “xavfsizlik hududini” qo‘llab-quvvatlash uchun 15 mingdan 30 minggacha askardan iborat kontingent kerak bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Pentagonning hisob-kitobi bo‘yicha, mamlakat shimolida haqiqiy xavfsizlik hududini ta’minlash uchun bizga 15 mingdan 30 minggacha askar zarur. Biz bunga tayyormizmi?” — dedi davlat kotibi.
Vashingtonda Suriyadagi harakatlar bo‘yicha ikkinchi reja muhokama etilayotganligi ta’kidlanmoqda. Bu reja o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv buzilgan taqdirda, quruqlikda operatsiyalarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Izoh (0)