Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Barak Obama Guantanamo harbiy bazasidagi qamoqxonani yopishga oid maxsus bayonot bilan chiqdi. Uning aytishicha, Pentagon mazkur masaladagi rejani Kongressga taqdim etgan, deya xabar beradi “RBK”.

Foto: EPA

Foto: EPA

“Oldinga qadam tashlab, mavzuni uzil-kesil yopaylik. Men bu muammo, kim bo‘lishidan qat’i nazar, kelgusi prezidentga ham o‘tishini istamayman. Amerikada xavfli terrorchilarni ushlab turish tajribasi bor, bu vazifa a’lo darajada uddalab kelingan”, — deya ta’kidlagan Obama.

Qamoqxonadagi 91 nafar mahbusdan 35 nafari shu yil boshqa joylarga o‘tkazilishi mo‘ljallangan. Qolganlari ularni qabul qilishga tayyor bo‘lgan hududlar yoki AQShga jo‘natiladi. Reuters’ning bildirishicha, qonun chiqaruvchilar Obamaning taklifini qo‘llab-quvvatlamagan taqdirda, prezident qamoqxonani o‘zining farmoyishi bilan yopishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi