Xitoyning janubi-g‘arbiy provinsiyasi Sichuanda joylashgan Yaan shahri va Gardze-Tibet avtonom okrugida kuchli qor bo‘roni tufayli kamida 120 ming aholi elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, elektr ta’minotini tiklash uchun 1,2 mingdan ortiq odam va 212 ta texnika yo‘naltirilgan. Jami qor bo‘roni natijasida provinsiyaning o‘nta uyezdi turli darajada jabrlangan.
Bo‘ron Sichuanga 22-fevral, dushanbaga o‘tar kechasi yopirilgan. Ba’zi tumanlarda qor qoplamining qalinligi 30 santimetrdan oshgan. Bu esa favqulodda xizmatlar ishini qiyinlashtirmoqda.
Hozirgi paytda 96 ming aholi istiqomat qiluvchi uylarda elektr ta’minoti tiklangan.
Izoh (0)