Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

YeChL 1/8 finalining dastlabki o‘yinlari doirasida “Barselona” Lionel Messining dubli evaziga “Arsenal” ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Argentinalik futbolchining ikkinchi goli katalon jamoasining barcha rasmiy turnirlardagi 10000-goliga aylandi. Bu haqda “Barselona” klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Barselona” klubi matbuot xizmati

Foto: “Barselona” klubi matbuot xizmati

Ushbu ko‘rsatkichga erishish uchun kataloniyaliklarga 4375 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Bu esa, “Barselona” har bir o‘yinda o‘rtacha 2,28 ta gol kiritayotganini anglatadi.

Ma’lumot o‘rnida, “Barselona” jamoasining birinchi rasmiy goli 1901-yil, 20-yanvarda Jorj Jirvan tomonidan kiritilgan. Klubning 5000-goliga esa Karles Reksach 1970-yilning 13-dekabrida “Malaga” darvozasiga kiritgan goli orqali mualliflik qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Dunyo
Lukashenko “kuchsiz Mercedes” tufayli YOII sammitiga piyoda keldi (video)