Toshkent shahrida Vengriyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Vengriyaning Muvaqqat ishlar vakili Yanosh Vanik diplomatik vakolatxonaga vaqtinchalik rahbarlik qiladi.
Ilgari qarorgohi Moskva shahrida bo‘lgan Vengriya Favqulodda va Muxtor Elchisi O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tar edi.
Izoh (0)