Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindiston poytaxti Nyu-Dehlining 10 milliondan ziyod aholisi o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan namoyishlar tufayli suvsiz qolmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Nyu-Dehlining Roxtak va Jadjar tumanlaridagi tartibsizliklar 18-fevral, payshanba kuni davlat muassasalarida ish va oliy o‘quv yurtlarida o‘qish o‘rinlari uchun kvotalar ko‘paytirilishini talab qilayotgan mahalliy etnik guruh — jatlar bir necha avtoyo‘llarni to‘sib, barrikadalar o‘rnatganidan so‘ng boshlandi. Politsiya ularni olib tashlashga harakat qilganda namoyishchilar ularni toshbo‘ron qilgan va politsiya avtomobilini yoqib yuborgan.

Shundan so‘ng politsiya o‘q uzgani bildirilmoqda. Buning oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, 150 kishi jarohat oldi.

Namoyishchilar Nyu-Dehlini suv bilan ta’minlovchi tindirish tizimi va nasoslarni sindirgan. Rasmiylar suv ta’minoti buzilgani sababli barcha ta’lim muassasalarini yopish yuzasidan ko‘rsatma bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov