Argentina prezidenti Maurisio Makri, davlat rahbarligiga 2,5 oy muqaddam saylanganiga qaramay, Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi mashhurligi jihatidan Lotin Amerikasining barcha yetakchilaridan o‘zib ketdi. Buni BursonMarsteller agentligi e’lon qilgan ma’lumotlar ko‘rsatadi, deb xabar beradi “TASS”.
Ayni paytda Makrining sahifasini 580 mingdan ortiq foydalanuvchi kuzatib bormoqda. Uning bu boradagi raqiblari – Meksika prezidenti Enrike Penya Neto va Braziliya rahbari Dilma Russeffda 178 ming nafardan obunachi bor.
Izoh (0)