Janubiy Sudanda BMT bazasiga nisbatan sodir etilgan hujum natijasida yetti kishi halok bo‘ldi, 32 kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Manbalarda ma’lum qilinishicha, noma’lum shaxslar Malakaldagi bazaga bostirib kirib, u yerdagi odamlarga qarata o‘t ochgan.
Fojia yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Izoh (0)