Hindiston o‘zi ishlab chiqargan Prithvi-II ballistik raketasini muvaffaqiyat bilan sinovdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” agentligi.
Raketa 16-fevral kuni Odisha shtatidagi Chandipur poligonidan uchirildi.
“Yer-yer” toifasidagi Prithvi-II ballistik raketasi 500 kilogrammdan 1 tonnagacha bo‘lgan harbiy zaryadni osmonga ko‘tarishi mumkin. Raketa parvozining uzoqligi 350 kilometrni, vazni 4.6 tonnani tashkil qiladi.
Hindistonning mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti (DRDO) tomonidan ishlab chiqilgan qurol oxirgi marta 2015-yilning 26-noyabrida xuddi shu poligonda sinovdan o‘tkazilgan edi.
Izoh (0)