Hemmings mashinalar kolleksiyasining sotuvi haqidagi e’lonlar saytida prezident limuzinining prototipi bo‘lgan, 2012-yilda chiqarilgan ZIL-4112R mashinasi paydo bo‘ldi. Avtomobil 1,2 million dollarga baholangan, deb xabar beradi “Motor”.
O‘shanda Vladimir Putin mashinani shaxsan sinovdan o‘tkazib ko‘rganligi, biroq limuzin unga ma’qul kelmaganligi ma’lum qilingan edi. Biroq keyinchalik ushbu ma’lumot noto‘g‘ri ekanligi xabar qilingan.
Putin dizaynni tanlashda va yangi mashinani jihozlashda ishtirok etmayotganligini ta’kidlagan edi.
2013-yilning bahorida prezident limuzinining dizayni internet orqali ovoz berish yordamida tanlangan edi. Putin maket bilan tanishib, uni ijobiy baholagan edi.
ZIL-4112R avtomobillarni qayta ta’mirlash va qo‘shimcha jihozlash bilan shug‘ullanuvchi “Depo-ZiL” xususiy kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. Mashina saloni va kuzovi qaytadan loyihalashtirilgan. Muhandislar uning original modelidagi faqat kopot va eshik tutqichlaridan foydalangan.