Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi dunyoning eng qimmat avtomobili — 335 S Spider Scaglietti sohibiga aylandi. Bu haqda futbolchiga yaqin manbalarga tayanib, Bleacher Report xabar bermoqda.

Foto: Acturial

Foto: Acturial

1957-yilda ishlab chiqarilgan Ferrari mashinasi Parijdagi auksionga qo‘yilgan edi. Ushbu avtomobil uchun “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham kurash olib borgandi.

Ushbu mashinani boshqargan britaniyalik afsonaviy Stirling Moss 1958-yilda “Formula-1” Gran-prisining Kubadagi bosqichida g‘alaba qozongan edi. Bundan tashqari, bu avtomobil “24 soatli Le-Man” poygalarida ham ishtirok etgan.

Ferrari 335 S Messining kolleksiyasidagi uchinchi superkar bo‘ldi. Bungacha argentinalik Maserati GT Stradale va Audi R8 Spyder avtomobillarini xarid qilgandi. Ularning umumiy qiymati 517 ming yevroga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, 335 S Spider Scaglietti auksionda 32 million yevroga sotildi va dunyoning eng qimmat avtomobili nomini qo‘lga kiritdi. Oldinroq uni AQShlik nomi oshkor qilinmagan xaridor sotib olgani taxmin qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Qarshida Cobalt haydovchisi 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi (video)