Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tayvanda yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 31 kishiga yetdi, 515 kishi jarohat olgan. Bu haqda operativ shtab rasmiy manbalariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Oldinroq qurbonlar soni 23 kishini tashkil etganligi ma’lum qilingandi.

Halok bo‘lganlardan 29 nafari Taynan munitsipalitetining Yunkan tumanida joylashgan 17 qavatli “Veyguan” turar-joy binosida istiqomat qilgan. Rasmiylar bino qurilish me’yorlariga zid ravishda va sifatsiz materiallardan qurilganini taxmin qilmoqda. Bunga oydinlik kiritilishi va tekshiruv o‘tkazilishi bildirilgan.

Hozirda 120 dan ziyod kishi bedarak yo‘qolgani qayd etilgan, ular vayronalar tagida qolgan bo‘lishi haqiqatga yaqinroq. Qulagan bino qoldiqlari ostidan 7-fevral, yakshanba kuni bir necha kishi chiqarib olingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda