Argentina sudi pora olganlikda gumon qilinayotgan mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Amado Buduga nisbatan yangi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Federal sudya Norberto Oyarbide shu mazmunda qaror qabul qildi.
Tergovning ta’kidlashicha, Buduga ikkita xususiy kompaniyaga tegishli bo‘lgan samolyot va vertolyotdan pora sifatida, bepul foydalanish imkoniyati berilgan. Ma’lum qilinishicha, kompaniyalarning biri budjet tomonidan moliyalashtiriladigan ishlar bo‘yicha asosiy pudratchi sifatida tanilgan.
Sobiq vitse-prezident boshqa korrupsiya ishi bo‘yicha ham hozirga qadar tergov qilinmoqda. U iqtisodiyot vaziri lavozimini egallab turib, Ciccone Calcografica xususiy nashr etuvchi kompaniyasini qo‘llab-quvvatlab, uni bankrotlikdan qutqarib qolib, daromadli bitimlar tuzishda yordam bergan.
Izoh (0)