Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekiston pochtasi”ning Toshkentdagi Shimoliy vokzalga yondosh hududda joylashgan xalqaro filialida 5-fevralga o‘tar kechasi yuz bergan yong‘in yuzasidan Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Baxtiyor Po‘latov “Darakchi.uz”ga axborot berdi.

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

Foto: Facebook / “Potrebitel.uz”

“4-fevral kuni soat 23:00 da Shimoliy vokzalga yondosh hududda joylashgan “O‘zbekiston pochtasi”ga qarashli xalqaro filialda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 12 ta o‘t o‘chiruvchi mashina tezkorlik bilan safarbar etildi

Baxtiyor Po‘latovning qayd etishicha, hodisa oqibatida 900 kvadrat metr joy yongan, 2000 kvadrat metr hudud olovdan saqlab qolingan. “Yong‘in 5-fevral soat 00:44 da to‘liq bartaraf etildi”, — deydi YoXB bo‘lim boshlig‘i.

Dastlabki tahminlarga ko‘ra, yong‘in qisqa tutashuv oqibatida yuzaga kelgan. Qayd etishlaricha, hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda