BMX turidagi xalqaro ekstremal o‘yinlarining (X Games) 14 karra chempioni, amerikalik Deyv Mirra o‘lik holda topildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
AQShning Janubiy Karolina shtatidagi Grinvill shahar politsiyasiga 4-fevral kuni o‘z joniga qasd qilgan shaxs haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar 41 yoshli Mirraning jasadini topdi. Taxminlarga ko‘ra Mirra o‘zini otib o‘ldirgan.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, bundan oldin sportchi do‘stlari bilan uchrashgan. Uning ikki nafar farzandi bo‘lgan.
Izoh (0)