Rossiya prezidenti Vladimir Putin u haqda film yaratish rejalari, shuningdek, taniqli amerikalik aktyor Leonardo Di Kaprioning, go‘yoki, unda bosh rol o‘ynash niyatidan bexabar. Bu haqda jurnalistlarga davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Putin bundan bexabar, — dedi u. — Shuningdek, biz bunday rol mavjud bo‘lgan taqdirda, Di Kaprio Putin rolini ijro etish istagini bildirganidan ham bexabarmiz, chunki, to‘g‘risini aytganda, biz Di Kaprioning bayonotini hech qayerda ko‘rmadik”.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Knightsbridge Entertainment kinokompaniyasining “Putin” nomli filmida Leonardo Di Kaprio Rossiya prezidenti rolini o‘ynashga rozilik bergani haqida xabar tarqalgan edi.
Izoh (0)