2-fevral, mahalliy vaqt bilan 6:40 dan e’tiboran Buyuk Britaniyaning Sky telekanali shu kuni AQSh va Kanadada nishonlanadigan sug‘ur kuni bayramiga bag‘ishlangan maxsus efirini boshlaydi. Bu haqda Tjournal xabar bermoqda.
Telekanal sutka mobaynida faqat “Sug‘ur kuni” filmini (1993-yilda suratga olingan mazkur kartinada Bill Myurrey bosh rolni ijro etgan) namoyish etadi: tomoshabinlar ushbu vaqt davomida filmni 13 marta ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)