Hindistonning Tata Motors kompaniyasi yangi avtomobili — Zica nomini Janubiy Amerikada tarqalgan xavfli virus bilan o‘xshashligi uchun o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mashina nomi Zippy Car (“Tezkor avtomobil”) iborasining qisqartmasi bo‘lib, u Nyu-Dehlida 3—9-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan Auto Expo ko‘rgazmasida taqdim etilishi kutilmoqda.
“Ko‘plab mamlakatlarda Zika virusi tarqalishi tufayli yuzaga kelgan musibatlarga hamdard bo‘lgan holda, Tata Motors avtomobilni qayta nomlashga qaror qildi. Nyu-Dehlidagi ko‘rgazmada avtomobil avvalgi brend ostida namoyish etiladi, yangi nom haqida bir necha hafta davomida e’lon qilinadi”, — deyiladi kompaniya press-relizida.