Rossiya to‘rtta yangi Su-35S rusumli qiruvchi samolyotini Suriyaga ko‘chirib o‘tkazdi. Bu haqda “Kommersant” bergan ma’lumotlarga asosan Meduza xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, bu samolyotlar 2015-yilning oktabr—noyabr oylarida qurolli kuchlar safiga safarbar etilib, hozirga qadar jangovar parvozlarda ishtirok etmagan.Rossiya Bosh shtabi ofitserining ma’lum qilishicha, hozirga kelib Rossiya Harbiy-kosmik kuchlariga tegishli bo‘lgan Xmeymim aviabazasidagi aralash avia guruhi 70 tadan ko‘proq samolyot va vertolyotdan tarkib topgan.
Rossiyaning Suriyadagi avia guruhida Su-27SM, Su-30SM, Su-34, Su-24SM va Su-25SM rusumli samolyotlar va Mi-8 va Mi-24 rusumli vertolyotlar borligi ma'lum qilindi.
Izoh (0)