Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiyaning Ostana shahrida 28 yildan beri birinchi marta bola tug‘ildi. Chaqaloq tufayli shahar aholisi soni 85 kishiga yetdi, ulardan salkam yarmi bu yerda muqim yashaydi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: The local

Foto: The local

“Nihoyat, bu yerda ham kimdir tug‘ildi. Aholi sonini ko‘paytirish borasidagi urinishlarimiz, asta-sekin bo‘lsa-da, o‘z samarasini bermoqda”, — deya sharhlagan mazkur yangilikni shahar meri Jakomo Lombardo.

Uning aytishicha, 100 yil avval Ostana mingdan ziyod kishi istiqomat qiladigan, gullab-yashnagan manzil bo‘lgan. Urushdan keyingi davrga kelib, aholi soni 700 kishiga tushib qolgan va yuqori sur’atlar bilan kamayishda davom etgan. O‘tgan asrning 80-yillarida esa shaharda doimiy ravishda 5 kishi istiqomat qilgan, xolos.

31-yanvar, yakshanba kuni Ostanada yangi mehmonning dunyoga kelgani sharafiga bayram uyushtirilishi rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi