Qatarning “Al-Jazira” yangiliklar telekanali o‘tgan haftada Yamanda qo‘lga olingan uch nafar xodimining ozod etilganligini ma’lum qildi. Bu haqda telekanal bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, xodimlar yaqinda ozod qilingan bo‘lib, bir guruh qurollangan noma’lum shaxslar ularni garovda ushlab turgan.
Muxbir Hamdi al-Bokariy, teleoperator Abdulaziz as-Sabriy va haydovchi Munir as-Subayyadan iborat bo‘lgan suratga olish guruhi 2016-yil 19-yanvarda bedarak yo‘qolgan edi. “Al-Jazira” telekanalining ta’kidlashicha, jurnalistlar qamalga olingan Toiz shahridagi voqealarni aks ettirib kelayotgan bo‘lgan.
Izoh (0)