Microsoft kompaniyasi 17 yoshli kanadalik o‘smir tomonidan kompyuterdagi FIFA o‘yini uchun bexosdan sarflab yuborilgan mablag‘ni uning otasiga qaytarishga qaror qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Kompaniya dastlab pulni qaytarib bermagan va ota-onaning to‘lov hisobidan foydalanib amalga oshirilgan xaridlar Microsoft’ning foydalanuvchilar bilan tuzadigan kelishuviga ko‘ra, qonuniy tranzaksiyalar hisoblanishini ta’kidlagan edi.
O‘smirning otasi aytishicha, u bilan Microsoft’ning o‘zi bog‘langan va o‘yin ichidagi xaridlarni bekor qilish evaziga mablag‘ni qaytarib berishini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, hodisa Kanadaning Ontario provinsiyasidagi Pembruk shahrida sodir bo‘lgan edi. Kredit karta hisobidan o‘yin ichidagi xaridlar uchun 8860 dollar yechib olingan.
Izoh (0)