Financial Times gazetasi redaksiyasining xodimlari 30 yil ichida birinchi marta ish tashlashga chiqadi. Bu haqda Buyuk Britaniya jurnalistlar kasaba uyushmasi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, ish tashlash kelgusi haftaga belgilangan. Uning 24 soat davom etishi kutilmoqda.
Xabarda ma’lum qilinishicha, jurnalistlar gazeta Yaponiyaning Nikkei mediaxoldingiga sotilgandan so‘ng, rahbariyatdan pensiya bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning iyul oyida Britaniyaning Pearson nashriyot uyi Yaponiyaning Nikkei mediaxoldingiga Financial Times gazetasini 1,32 milliard dollarga sotishga kelishgan edi.
Izoh (0)