Ukrainaning Lvov shahri aholisi ijtimoiy tarmoqlarda 2016-yilning 23-yanvar kuni kechasi Bryuxovichi qishlog‘i osmonida yonayotgan jism ko‘ringanligini muhokama qilmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Guvohlarning ma’lum qilishicha, yorqin ulkan shar va uning ortidagi yonayotgan dumini shaharning deyarli barcha tumanlaridan ko‘rish mumkin bo‘lgan.
Foydalanuvchilarning qayd etishicha, shar Lvov markazidan sakkiz kilometr masofadagi Bryuxovitskiy o‘rmoni hududiga qulab tushgan.
Ijtimoiy tarmoqlarga xususiy uylardan biridagi kuzatuv kameralari orqali yozib olingan foto va video ham joylashtirilgan.
Izoh (0)