Facebook ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Mark Sukerberg qizalog‘i Maksning birinchi marta basseynda cho‘milayotgani aks etgan suratni namoyish etdi. Qizchaning otasi qo‘lida ekanligi tasvirlangan suratni u 24-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqdagi akkauntiga joylashtirdi.
Surat ostiga Sukerberg “Maksning birinchi suzishi! Unga yoqayapti” degan izohni qoldirgan. Qizchaning qayerda “suzayotganligi” ma’lum qilinmagan.
25-yanvar 17:21 holatiga ushbu surat 2,2 millionta “layk” va 40 mingta izoh to‘plashga ulgurdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mark Sukerbergning qizi Maksni emlashga bag‘ishlangan posti uch milliondan ortiq “layk” va 70 mingdan ortiq izoh to‘plaganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)