Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

31-yanvar kuni Yerning shimoliy yarim shari aholisi, shu jumladan, o‘zbekistonliklar ham noodatiy hodisa — sayyoralar paradiga guvoh bo‘ladi, deya xabar bermoqda UzReport. Merkuriy, Venera, Saturn, Mars, Yupiter va Oy Qisqichbaqa va Sunbula yulduzlar turkumida bir qator bo‘lib tiziladi.

Foto: “Amic.ru”

Foto: “Amic.ru”

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoralarning bunday joylashuvi so‘nggi marta 2005-yilda kuzatilgan.

Ushbu hodisa Quyosh chiqar mahal — Toshkent vaqti bilan taxminan 7:35 da eng ravshan tarzda ko‘rinadi. Bu vaqtda Oy botayotgan bo‘ladi, shuning uchun uning yorqin nurlari sayyoralar paradini oddiy ko‘z bilan kuzatishga xalal bermaydi.

Nashr ta’kidlashicha, Quyosh tizimidagi sakkizta sayyora ishtirokidagi paradni 2161-yil 19-maydagina ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim