Xitoy politsiyasi Vyetnam bilan chegarada Guansi-Chjuan avtonom tumanida muzlatib qo‘yilgan, “Qizil kitob”ga kiritilgan 70 ta Siam timsohini, shuningdek, 88 ta timsoh dumini musodara qildi. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Fanchengan shahridagi chegara o‘tish qismida politsiya yuk mashinasini ko‘zdan kechirish chog‘ida haqiqiy tovar va yuk hujjatlari o‘rtasidagi tafovutni payqadi. Aniqlanishicha, timsohlar penoplast qutilarga joylangan bo‘lib, har birining uzunligi bir metr atrofida, og‘irligi esa o‘n kilogrammni tashkil etgan. Timsohlarning dumlari esa 0,7 metr atrofida bo‘lgan.
Yuk mashinasi haydovchisining so‘zlariga qaraganda, unga qutilarda dengiz mahsulotlari borligi va ularni Vyetnam hududidan Fanchenganga yetkazish lozimligi aytilgan.
Izoh (0)