Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Belgiya janubidagi Tianj shahrida kuzatilgan kuchli suv toshqini chog‘ida ikki kishi — ayol va yosh bolani kanalizatsiya tizimi o‘z qa’riga tortib ketdi, deya xabar bermoqda RTBF telekanali. Qutqaruv operatsiyasi tashkil qilindi, unda 15 nafar o‘t o‘chiruvchi va kamida 10 nafar huquqni himoya qilish organlari xodimlari qatnashmoqda.

Foto: RTBF

Foto: RTBF

Hodisa 23-yanvar, shanba kuni 15:00 (Toshkent vaqti bilan 19:00) atrofida sodir bo‘lgan. Daryo o‘zanidan toshib ketgan, uning qirg‘og‘ida esa bolalar lageri bo‘lgan. Kuchli oqim 12 yoshli bola va uni qutqarishga uringan 20 yoshli tarbiyachini oqizib ketgan.

Hozirgacha faqat ayolni qutqarishga erishishdi, uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti. Bolani qidirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Juliya Roberts o‘zi ovqat pishiradi, bolalarini maktabga olib boradi, itlari bilan sayr qiladi va “Oskar”dan ko‘ra oddiy hayotni qadrlaydi
Markaziy Osiyo
Turkmaniston bu yil 1 mln tonnadan ortiq paxta yig‘ib olishni rejalashtirmoqda
Mahalliy
Navoiyda o‘zganing 31 bosh qo‘yini o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi