Suriyaning ishlariga Damashqning rasmiy ruxsatisiz aralashish tajovuz sifatida baholanadi. Bu haqda Suriyaning Rossiyadagi elchisi Riad Xaddadning bayonotiga tayanib, “Vedomosti” xabar beradi.
“Suriyaning ishlariga hukumatning rasmiy ruxsatisiz har qanday aralashish Suriya xalqiga qarshi tajovuz hisoblanadi”, — dedi elchi.
Kuni kecha, 22-yanvar kuni AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Fransiya mudofaa vazirligi rahbari Jan-Iv Le Drian bilan uchrashuvda IShID terrorchilariga qarshi Iroq va Suriyada yerdagi operatsiyalarni boshlash zarurligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)