Kobulning markazida 20-yanvar, chorshanba kuni sodir bo‘lgan teraktdan so‘ng, uni tashkil etishda ayblanib, “Haqqaniy” guruhining sakkiz nafar jangarisi qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy OAV ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.
20-yanvar kuni xudkush terrorchi Kobul markazidagi Dorul Omon prospektida, Rossiya elchixonasi yaqinida Tolo telekompaniyasi xodimlarining mashinasiga hujum qilgan. Portlash oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan, yana 30 nafarga yaqin odam yaralangan.
Rossiya TIVning ma’lum qilishicha, portlash natijasida Rossiya elchixonasi xodimlaridan hech kim jabrlanmagan.
Izoh (0)