Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

GM Uzbekistan’ning Matiz avtomobili Rossiya bozoridagi eng arzon avtomobillar reytingida yanvar oyida ham peshqadamlikni saqlab qoldi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar bermoqda.

Foto: “Rossiyskaya gazeta”

Foto: “Rossiyskaya gazeta”

Rossiyada Matiz’ning eng arzon modifikatsiyasi 314 ming rubl (23-yanvar holatiga ko‘ra, taxminan 4 ming dollar)dan sotilmoqda. Reytingdan o‘rin olgan qolgan to‘qqiz avtomobilning oltitasi Xitoy avtozavodlari (Lifan, Geely, Chery) mahsulotlaridir.

  1. Matiz — 314 ming rubl;
  2. Lifan Smily — 319 ming rubl;
  3. Lifan Smily New — 364,9 ming rubl;
  4. Lifan Celliya — 364,9 ming rubl;
  5. Lada Granta sedani — 368,9 ming rubl;
  6. Lada Granta liftbeki — 388,5 ming rubl;
  7. Geely GC6 — 389 ming rubl;
  8. Chery Bonus (ZAZ Forza sedan) — 389,9 ming rubl;
  9. Renault Sandero — 399 ming rubl;
  10. Chery Very (ZAZ Forza xetchbek) — 399,9 ming rubl.
Eslatib o‘tamiz, Matiz 2015-yilning oktabr, noyabr va dekabr oylarida ham Rossiyada sotilayotgan eng arzon avtomobillar reytingida peshqadam bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda