Microsoft’ning Android uchun yaratgan budilnik dasturini selfi olgandan so‘ng yoki boshqa ikki harakatdan birini bajargandan so‘ng o‘chirish mumkin bo‘ladi. Bu haqda The Verge nashri ma’lumotiga tayanib, “Hi-tech.mail.ru” xabar beradi.
Google Play’dan yuklab olish mumkin bo‘lgan Mimicker Alarm dasturi odatdagi budilnik kabi ishlaydi – belgilangan soatda odamni uyg‘otadi. Biroq uni o‘chirish uchun uchta harakatdan birini bajarish talab etiladi.
Ulardan har biri noodatiy: budilnik sizga selfi olishni va bunda qaysidir his-tuyg‘uni ifodalashni taklif qilishi, tez aytishni aniq qilib aytib berishni yoki biror rangdagi buyumni topib, unga kamerani yaqinlashtirishni so‘rashi mumkin.
O‘chirish tugmasini bosganingizdan so‘ng, Mimicker Alarm yuqoridagi harakatlardan birortasini bajarishingiz uchun 30 soniya vaqt beradi. Agar shu vaqt ichida siz harakatni bajarishga ulgurmasangiz, budilnik sizni yana uxlab qoldi deb hisoblab, musiqa chala boshlaydi.
https://www.youtube.com/watch?v=VWJyCYkMc3Y
Izoh (0)