Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Bavariya” klubi himoyachisi, marokashlik 28 yoshli futbolchi Mehdi Benatia o‘tgan yil noyabri uchun maoshi miqdori, shaxsiy pochtasi manzili va kredit kartalari raqamlari internet orqali jamoatchilikka oshkor bo‘lgani munosabati bilan politsiyaga murojaat etdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.

Foto: Goal

Foto: Goal

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Benatia mazkur ma’lumotlar tushirilgan qog‘ozni taksida unutib qoldirgan, bundan foydalangan kimsa esa uni suratga tushirib, WhatsApp orqali boshqa foydalanuvchiga jo‘natgan.

Tarmoqda paydo bo‘lgan ma’lumotga ko‘ra, futbolchi yil davomida 6 million yevro maosh oladi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda