“Bavariya” klubi himoyachisi, marokashlik 28 yoshli futbolchi Mehdi Benatia o‘tgan yil noyabri uchun maoshi miqdori, shaxsiy pochtasi manzili va kredit kartalari raqamlari internet orqali jamoatchilikka oshkor bo‘lgani munosabati bilan politsiyaga murojaat etdi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Benatia mazkur ma’lumotlar tushirilgan qog‘ozni taksida unutib qoldirgan, bundan foydalangan kimsa esa uni suratga tushirib, WhatsApp orqali boshqa foydalanuvchiga jo‘natgan.
Tarmoqda paydo bo‘lgan ma’lumotga ko‘ra, futbolchi yil davomida 6 million yevro maosh oladi.
Izoh (0)