JARning shimoli-sharqidagi Limpopo viloyatida pikap va yuk mashinasining to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 14 kishi, jumladan, bir nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, YTH 20-yanvar, chorshanba tongida Mokopane va Mokgopong shaharlari o‘rtasidagi shosseda yuz bergan.
“Yuk mashinasining haydovchisi yengil shikastlanish olgan. Pikapda bo‘lgan ikki kishi to‘qnashuvda tirik qolgan, ular shifoxonaga joylashtirildi. Qurbonlarning shaxsi hali aniqlanmadi”, — dedi politsiya vakili Ronel Otto.
Uning ta’kidlashicha, pikapning haydovchisi ham tirik qolgan.
Hukumat hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Izoh (0)