Dunyoning veb-kameralar o‘rnatilgan 9 ta g‘aroyib nuqtasi (foto)
Sayyoraning g‘aroyib, qiziqarli va ommabop nuqtalariga o‘rnatilgan veb-kameralar orqali uydan chiqmasdan turib, dunyo bo‘ylab sayohat qilish va ayni lahzalarda u yerda nima bo‘layotganini ko‘rish mumkin. Travel Ask ana shunday veb-kameralar qo‘yilgan manzillarning eng ommaboplarini sanab o‘tdi.
Nyu-Yorkdagi Tayms-skver maydoni
Manxettendagi veb-kamera Brodvey va Yettinchi avenyu kesishgan chorrahada joylashgan.
Sankt-Peterburgdagi “Petergof” davlat muzey-qo‘riqxonasi
Veb-kamera Quyi bog‘dagi “Samson” favvorasiga qaratilgan.
Novosibirsk hayvonot bog‘i
2013-yilda Kay va Gerda ismli ayiqlar qiz farzand ko‘rdi, unga Shilka deb laqab qo‘yildi. Oq ayiqlar hayotini real vaqt rejimida tomosha qilish mumkin.
Uoll-stritdagi hamla qilayotgan buqa haykali
3200 kilogrammli bronza haykal Manxettendagi Bowling Green xiyobonida joylashgan.
Janubiy Afrika Respublikasidagi “Tembe” fillar bog‘i
Veb-kamera Janubiy Afrikada Kryuger milliy bog‘i chegarasida joylashgan. U orqali Afrika tabiati va fillarni kuzatish mumkin.
AQShdagi Niagara sharsharasi
Dunyoga mashhur sharsharani boshqa qit’ada turib ham tomosha qilish mumkin.
Sankt-Peterburgdagi Avliyo Isoq cherkovi
Devid arvohi kameralari
Veb-kameralar 100 yoshli uyga o‘rnatilgan, uning yordamida tashkilotchilar arvohlar haqiqatda mavjud ekanligini isbotlovchi dalillarni yig‘moqchi.
Los-Anjelesdagi tepaliklarda joylashgan Gollivud belgisi
Izoh (0)