Xitoydagi Tyanmenshan milliy bog‘ida mamlakatdagi eng uzun shisha ko‘prik qurilishi yakunlanmoqda, deb yozadi TJournal. Uning ochilishi 2016-yil iyuniga mo‘ljallangan.
Po‘lat va shishadan yasalgan ko‘prikning eni 6 metr, uzunligi 430 metrga teng. Uning ustida bir vaqtning o‘zida 800 kishi yura oladi. Ko‘prik platformasi yerdan 300 metr balandlikda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oktabrida Xitoydagi Shinyuchjay milliy bog‘ida dunyoda ayni paytda ishlab turgan eng uzun shisha osma ko‘prik ochilgan edi. U jarlik ustida 180 metr balandlikdan o‘tgan .
Izoh (0)