Pokistonda uch yil avval bloklab qo‘yilgan YouTube videoxostingidan yana foydalanish mumkin bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
YouTube’da joylashtirilgan video islomga qarshi deb baholanganligi munosabati bilan mamlakatda yuzaga kelgan keng ko‘lamli norozilik namoyishlaridan so‘ng, u 2012-yilning sentabrida bloklab qo‘yilgan edi.
Mamlakatdagi telekommunikatsiyaviy nazorat vakillarining ma’lum qilishicha, endilikda uni bloklashga ehtiyoj yo‘q, sababi YouTube tegishli bo‘lgan Google kompaniyasi saytning pokistoncha versiyasini ishga tushirgan.
Yangi tizim Pokiston hukumatiga saytga joylangan kontentlarni saralash imkonini beradi.
Izoh (0)