Yaponiyalik astronavt Kimiya Yui Xalqaro kosmik stansiyada 142 kun ichida rus tilini o‘rganib oldi. Bu haqda TJournal xabar beradi.
“Men rus tilini o‘rganib oldim va bundan keyin ikki mamlakat o‘rtasida kosmik sohada ko‘prik rolini o‘ynashni istardim”, — dedi kosmonavt matbuot anjumanidagi savollarga rus tilida javob berish jarayonida.
Kimiya Yui kosmosga ertagayoq yana yo‘l olishga tayyorligi, biroq Yaponiyaning bundan keyingi kosmonavti Takuya Onisini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.
Izoh (0)