Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng, Eron Airbus kompaniyasidan 114 ta samolyot sotib olmoqchi, deya xabar bermoqda “TASS” transport va shahar taraqqiyoti vaziri Abbos Axundi bayonotiga tayanib.

Foto: “163gorod.ru”

Foto: “163gorod.ru”

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron Fransiyaning Airbus konserni bilan 114 ta samolyot xarid qilish haqida shartnoma tuzgan. Laynerlar Eronning eng yirik aviatashuvchisi — Iran Air kompaniyasi parkini to‘ldiradi.

Eslatib o‘tamiz, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Eron o‘z yadro dasturining muzlatilishini nazarda tutuvchi bitimning barcha shartlarini bajargani haqidagi ma’ruzani taqdim etgach, Eronga nisbatan sanksiyalar bekor qilindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo'rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)
Mahalliy
Xorazmda 3-sinf o‘quvchilariga behayo xatti-harakatlar qilgan 61 yoshli o‘qituvchi besh sutkaga qamaldi