AQSh prezidenti Barak Obama turmush o‘rtog‘i Mishel va do‘stlari bilan Vashingtondagi Oyamel nomli Meksika taomlari restoraniga tashrif buyurdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Tashrif birinchi xonimning tug‘ilgan kuni bilan bog‘liq: Mishel Obama 17-yanvar kuni 52 yoshini nishonlaydi.
Prezident oilasi tadbir uchun tanlagan restoran qimmat tamaddixonalar qatoriga kirmaydi. Menyudagi taomlar narxi 8—15, an’anaviy tako (turli masalliqlar solingan tortilya kulchasi) esa 4—5 dollar atrofida turadi.
Izoh (0)