Ruminiya mahbuslarga kitob yozgach jazo muddatini qisqartirish imkoniyatini beruvchi qonunni o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Euobserver bergan ma’lumotlarga asosan “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Rasmiylar Ruminiya qamoqxonalaridagi mahbuslar tomonidan so‘nggi ikki yil davomida 400 dan ortiq kitob chop etilganidan xabardor bo‘lgach, shu qarorga keldi.
Ruminiyaning amaldagi qonunchiligiga asosan, har bir mahbus o‘zining bitta kitobini nashrdan chiqarib, belgilangan jazo muddatini 30 kunga qisqartirishi mumkin.
Izoh (0)