Misr poytaxti Qohira shimolida turar-joy binosining qulashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al-Yaum as-Sabia” portali bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Sharkiya provinsiyasidagi Minya-al-Kamx shaharchasida olti qavatli bino qulab tushdi. Voqea joyida qutqaruvchi guruhlar tirik qolganlarni topish maqsadida binodan qolgan uyumni tozalamoqda. Misr armiyasining muhandis brigadalari yordamga chaqirildi.
Bino qulagan vaqtda, unda 20 nafardan 30 nafargacha odam bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Jarohatlanganlarning yetti nafari shifoxonaga yuborildi. Qurbonlar orasida uch nafar bola, bir nafar ayol va o‘smir bo‘lganligi xabar qilindi.
Ta’kidlanishicha, turar-joy egasining texnik talablarga rioya qilmagan holda binoning ustidan qo‘shimcha ikki qavat qurganligi, yoki inshoot yaqinida texnik xavfsizlikka zid ravishda yangi bino uchun xandaq qazilganligi binoning qulashiga sabab bo‘lgan.
Izoh (0)