Toshkentda Betmen qiyofasidagi mototsiklchi paydo bo‘ldi, deb xabar beradi “Qalampir.uz”.
9-yanvar kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ining “Voditeli Tashkenta” guruhida Betmen komiks qahramonining tashqi qiyofasini o‘zlashtirgan mototsiklchi yigitning suratlari tarqaldi.
Suratlarga ko‘ra, mototsikl haydovchisi ko‘z qismini tashqi unsurlardan himoyalab turuvchi oyna o‘rnatilgan va qolgan qismi yopiq shoxli bosh kiyimini kiyib olgan.
Yo‘lda harakatlanayotib, bu mototsiklchini uchratib qolgan haydovchilar uni qo‘l telefonlari orqali suratga tushirib, ijtimoiy tarmoqqa joylashtirib bormoqda.
Izoh (0)