9-yanvar, shanba kuni soat 4:02 da Toshkent shahrida yerosti silkinishlari sezildi. Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, epitsentri Toshkent shahridan 33 kilometr, Yangiyo‘l shahridan 16 kilometr janubda bo‘lgan zilzila magnitudasi 4 ga teng.
Qozog‘iston milliy ma’lumot markazi axborotiga ko‘ra, zilzila Chimkent shahridan 163 kilometr uzoqlikda yuz bergan, epitsentridagi magnitudasi 4.9 ni, Chimkent shahridagi intensivligi esa 2 ballni tashkil etgan.
Zilzila oqibatida yuz bergan talofatlar to‘g‘risida hozircha axborot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 8-yanvar kuni Afg‘onistonda yuz bergan yerosti silkinishlari Toshkent va Samarqand shaharlarida sezilgan edi. “Toshkent” markaziy seysmostansiyasi ushbu zilzila intensivligi Toshkentda 2 ballga yetmagani haqida axborot bergandi.
Izoh (0)