KXDRda mamlakat rahbari Kim Chen Inning tug‘ilgan kuni munosabati bilan hech qanaqa rasmiy tadbir o‘tkazilmaydi, deb xabar beradi “TASS”.
Koreya kalendarlarida ushbu yilning 8-yanvar sanasi bayram sifatida emas, oddiy kun sifatida qayd etilgan.
Uning bobosi, KXDRning asoschisi Kim Ir Sen va otasi – Kim Chen Irning tug‘ilgan kunlari bayram maqomiga ega.
Umuman olganda, KXDRda uning rahbarlari shaxsiy hayotini sharhlash odat tusiga kirmagan. Bundan tashqari, koreys jurnalistlarining ta’kidlashicha, Kim Chen Inga kamtarlik va shaxsiy xizmatlariga urg‘u berishni istamaslik xosdir. Shu sababdan ham mamlakatda KXDRning hozirgi rahbari aks etgan ko‘krak nishonlari va portretlar hali paydo bo‘lmagan.
Hozirgi paytda Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasining birinchi kotibi va Davlat Mudofaa qo‘mitasining birinchi raisi hisoblanadi. Bundan tashqari, u mamlakat qurolli kuchlariga KXDR marshali unvonida rahbarlik qiladi.
Izoh (0)