Qozog‘istonning Aktobe viloyatida oltinchi qavatdan tushib ketgan besh yoshli bola tirik qoldi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar beradi.
Hozirgi paytda o‘g‘il bola bolalar shifoxonasiga joylashtirilgan. Shifokorlarning so‘zlariga qaraganda, bolaning onasi uni uyda qoldirgan, u esa onasining ortidan balkonga chiqib, u yerdan pastga sakragan.
Manbalarda ma’lum qilinishicha, uning hayotini qor uyumlari saqlab qolgan. Bolaning faqat boldir suyaklari singan.
Izoh (0)