Vatikanning Osservatore Romano gazetasi Charlie Hebdo jurnalining 6-yanvar, chorshanba kuni sotuvga chiqqan maxsus sonini tanqid qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Jurnalning ushbu soni Parijdagi redaksiyaga terrorchilar tomonidan hujum uyushtirilganligiga bir yil to‘lganiga bag‘ishlangan. Hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan edi. Jurnal muqovasida qonga belangan xudo Kalashnikov avtomati bilan tasvirlangan. Surat ostiga “Bir yil o‘tib: qotil hamon qochib yuribdi”, degan so‘zlar yozilgan.
Osservatore Romano’ning fikriga ko‘ra, fransuz jurnali qaysi dinga mansubligidan qat’iy nazar barcha dindorlarni ranjitgan.
“Papa Fransisk bir necha marta aytib o‘tganidek, nafratni oqlash uchun xudoning nomidan foydalanish haqiqiy kufrdir”, — deyiladi gazetada.
Izoh (0)