Apple kompaniyasi so‘nggi iPhone smartfonlari uchun Live Photos funksiyasini ishlab chiqdi. U kamera funksiyasi bo‘lib, surat olinayotgan paytdan 1,5 soniya avval va keyin qisqa video ham tasvirga olinadi, deb xabar beradi Like It.
Shundan so‘ng suratlarni tomosha qilayotgan paytingizda, ularning tasvirga olinish vaqtidagi holatni videoda ham ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Bu esa surat olinayotgan vaqtni xotirlash uchun ajoyib imkoniyat beradi.
Xuddi shunday funksiyadan Android qurilmalarda ham foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Buning uchun Camera MX dasturining yangi versiyasini yuklab olish kerak bo‘ladi.
Izoh (0)